Tadbirkorlar, soha mutaxassislari va iste’molchilar diqqatiga!

10.09.2024 481

Tadbirkorlar, soha mutaxassislari va iste’molchilar diqqatiga!
 


Xabaringiz bor, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasida farmatsevtika sohasidagi korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida Komplayens-nazorat xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Agar Siz, sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz zudlik bilan +998 71 203-01-01 (2385) ishonch telefoni yoki farmkomitet@ssv.uz elektron pochtasi orqali markazga murojaat qiling.

Har bir murojaat shaxsan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori nazorati ostida, qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Murojaatlar shaxsga doir biron bir ma’lumot oshkor etilmagan holda o‘rganiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha hujjatlar zarur hollarda qonuniy baho berish uchun tegishli vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.